✅   Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖   Qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqlik to‘g‘risidagi sertifikat va pasportlari taqdim qilinmadi.
➖   Ijro-texnik hujjatlari, qurilish ishlab chiqarish jurnallari ShNK 3.01.01-03-me’yoriy hujjat talablari asosida o‘z vaqtida yuritilmayapti.
➖   Obyektga ishlatish uchun olib kelingan temir beton plitalar sifatsiz geometrik o‘lchamlari hamda GOST 9561-91 talablariga javob bermaydi. Mas’ul inspektor tomonidan Ishlab chiqarish tashkilotiga belgilangan tartibda taqdimnoma chiqarildi.
➖   Obyektda texnika xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan ya’ni ishchilar maxsus kiyim bosh bilan ta’minlanmasdan qurilish montaj ishlarini olib bormoqda.

➖   Mualliflik nazorati jurnaliga tasdiqlangan loyiha yechimlaridan chetlanish holatlari to‘g‘risida buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozuvlar kiritilmagan.
➖    Qurilish obyektida  g‘isht terish ishlari  loyiha yechimlari va QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat talablariga zid bajarilmoqda ya’ni bo‘ylama choklar sement qum aralashma qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmagan va SG-1 armosetka g‘isht devorga loyiha asosida 5qator 5Ø5VR-I o‘rnatilmagan. 
➖   Obyektda g‘isht terish ishlari QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat talablariga zid bajarilmoqda ya’ni kalonna va rigellarda devorlarning ulanishi (uprugaya prokladka) MM-1 va SG-1 ishlari bajarilmagan.
➖    ShNK 3.01.01-03 «Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish» me’yoriy hujjat talablariga asosan, qurilish maydonida qurilish etikasiga rioya etilmagan, ya’ni qurilish maydoni qurilish chiqindilaridan tozalanmagan.

➖   Obyektda “Qurilishda texnika xavfsizligi” meyoriy hujjat talablariga rioya qilinmagan, ya’ni binoning qavatlaridagi  lift shaxtasiga kirish qismi vaqtinchalik to‘siq bilan o’ralmagan.
➖   Ish turlari bo‘yicha yopiq ishlar dalolatnomalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan qurilish ishtirokchilari tomonidan to’liq imzolanmagan.
➖   Qurilish obyektida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.05.2021 yildagi 321-sonli qaror talabi asosida texnik va mualliflik nazorati talab darajasida olib borilmagan.
➖   Binoning ichki eshiklari ustidagi sarbastalar loyiha yechimlariga zid ravishda bajarilgan.Ya’ni temir beton o’rniga A3 sinfiga mansub armaturalardan bajarilgan.loyiha yechimlariga zid ravishda bajarilgan.

🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachiga, pudratchiga, loyiha tashkilotiga va qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. Obyektda sifatsiz bajarilgan ishlarni demontaj qilish bo‘yicha Buyurtmachi tashkilotiga 20 kun ichida bartaraf qilish uchun topshiriq berilib,  “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan elektron yozma ko‘rsatmalar berildi. 20 kun ichida qoida buzilishi bartaraf qilinmasa obyektni sifatsiz  bajarilgan qismini buzdirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilishi bo’yicha ogohlantirildi. ссылка:t.me/q2n1i

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *