✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖ Obyektda yuritilayotgan ijro texnik hujjatlari, ya’ni; ob’yektga keladigan qurilish materiallarining sifatini ta’minlash uchun kiruvchi nazorat jurnali, umumiy ish jurnali, payvandlash ishlari jurnali, beton ishlari jurnallari ShNQ 3.01.01-03 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” me’yoriy hujjat talabiga asosan to‘liq yuritilishi ta’minlanmagan.
➖ Binoning temir-beton ustunlar va g‘isht devorlarning tutashuv qismida loyiha bo‘yicha minvata ko‘rsatilgan , amalda esa penopolistroldan foydalanilgan, g‘isht terishda foydalanilgan to‘rsimon armaturalar loyiha yechimi talabiga javob bermaydi.
➖ Qurilish ob’yektida ishlar, ShNQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” me’yoriy hujjatining 1.12-1.13; 1.15-1.16 bandlari talabi asosida tashkil etilmagan. Ya’ni quruvchilar maxsus kiyim-bosh va birinchi tibbiy yordam vositalari bilan ta’minlanmagan.

➖ ShNK 3.01.01-22 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” meyoriy hujjatning tegishli bandiga asosan qurilish maydoniga keltirilgan materiallar to‘g‘ri raxlanmagan (skladirovanie). Keltirilgan armatura va sement maxsulotlari quyosh hamda namlikdan ximoya qilinmagan joyda saqlanmoqda.
➖ Loyiha yechimlari talabiga ko‘ra temir-beton ustun bilan g‘isht devorni bog‘lash uchun temir-beton ustun yuzasida bo‘ylamasiga A1 D16 mm armatura va bu armaturani tutib turuvchi zakladnoy detal ko‘rsatilan, amalda zakladnoy detal qo‘llanilmagan.
➖ Qurilish ob’yektining beshinchi qavatida joylashgan lift shaxtasida bajarilayotgan armokarkazlarda loyixa talabidan chetlashishlar yuzaga kelgan, ya’ni ishchi armatura oraliqlari bir xil oraliqda joylashmagan.

🔴 Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan va tasdiqlangan loyiha talablari buzilgan.

🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachiga, pudratchiga, loyiha tashkilotiga va qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. Obyektda sifatsiz bajarilgan ishlarni demontaj qilish bo‘yicha Buyurtmachi tashkilotiga 10 kun ichida bartaraf qilish uchun topshiriqlar berilib, “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan elektron yozma ko‘rsatmalar berildi. 10 kun ichida qoida buzilishi bartaraf qilinmasa obyektni sifatsiz bajarilgan qismini buzdirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilishi bo’yicha ogohlantirildi. ссылка:t.me/q2n1i

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *