✅Seminarda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʼining birinchi o‘rinbosari A.Soatov so‘zga chiqib, Buxoro viloyatida bugungi kunda qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida to‘xtalib o’tdi.

🚨Seminar davomida «Xalqaro muxandislar akademiyasi» akademigi Qurilish va innavatsion texnologiyalar instituti faxriy professori, zilzila,qurilish bo‘yicha xalqaro ekspertlar uyushmasi prezidumining faxriy a’zosi,  “TOSHUYJOYLITI” AJ Uy-joy va fuqarolik qurilishi ilmiy-tadqiqot loyiha-qidiruv instituti, qurilishda seysmika bo‘limi rahbari, Hakimov Shamil Abdullayevich so‘zga chiqib seminar ishtirokchilariga bino-inshootlar qurilishida zilzilabardoshlik bo‘yicha me’yoriy hujjat talablariga rioya etilishi, qurilish jarayonida temir-beton konstruksiyalarga qo‘yilgan talablarga amal qilish, qurilish-montaj ishlarining doimiy laboratoriya ko‘rigidan o‘tkazilishi borasida ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.

✅Shuningdek, Turkiyada bo‘lib o‘tgan zilzila oqibatlari hamda Yaponiyada qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardagi talablar va mamlakatimizda qurilayotgan turar joylar o’rtasidagi farqi to‘g‘risida o’z xulosalari bilan o’rtoqlashdi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *