Qorakoʼl tumani «Xoʼjalar» MFY hududida «Mega Prestij» MChJ qurilish-pudrat korxonasi tomonidan qurilayotgan koʼp qavatli turar-joy binolari qurilishi obyektida oʼtkazilgan nazorat davomida qurilishda sifat nazoratining quyi boʼgʼini ishtirokchilari buyurtmachining texnik nazorati, loyihalash tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat korxonasining ichki nazorati uchun masʼul boʼlgan xodimlar tomonidan yetarlicha nazorat ishlari olib borilmaganligi oqibatida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan: 

– Quyma zinapoyalarni bajarishda zina marshlari, ularning balandligi bir xil oʼlchamda bajarilishi taʼminlanmagan; 

 – Shuningdek, QMQ 2.01.03-19 «Seysmik hududlarda qurilish»-meʼyoriy hujjatning 3.1.5-bandida keltirilgan talabga koʼra, zinapoya katagi konstruktsiyasini bajarishda zina marshlari va zina maydonchalarini lift shaxtasi bilan tutush qismida loyihada nazarda tutilgan zilzila natijasida choklarda vujudga keladigan choʼzuvchi va siljituvchi zoʼriqishlarni qabul qiladigan seysmik yuklar taʼsirini kamaytiradigan bogʼlamlar bajarilmagan. 

 – Bundan tashqari deraza romlarini oʼrnatishda ishlab chiqarish texnologiyasiga amal qilinmagan. Romlar ankerlar yordamida oʼrnatilmagan va atrofi toʼliq PENА bilan toʼldirilmagan. 

-Qoʼllanilgan qurilish materiallarining muvofiqlik koʼrsatkichini belgilovchi sertifikatlari, bajarilgan beton ishlari, gʼisht terish ishlarida qoʼllanilgan sementli qorishmalar boʼyicha qurilish-sinov laboratoriyasi ijobiy xulosalari doimiy olib borilmagan. 

 -Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklar boʼyicha buyurtmachi va quruvchi tashkilotlarning nazorat xodimlariga, “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy boʼlgan koʼrsatmalar berildi. Uni bajarilishi inspektor tomonidan nazoratga olindi. Shuningdek, buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati, pudrat tashkilotining ichki nazorati va prorabiga “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimidan foydalanish koʼnikmalari shakllantirildi.

By QSHNI

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan