JAMSHID SULАYMONOV , Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasi qurilish-montaj ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i.

Til xalqning, millatning tarixi, madaniy merosi, turmush tarzi, urf-odat va anʼanalarini o‘zida mujassam etgan buyuk xazinadir. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi orqali kirib boradi. 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan Qonun, hech shubhasiz, O‘zbek xalqi maʼnaviy irodasining ifodasi boʼldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʼyilgan.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuv va muzokaralarda o‘zbek tili keng qo‘llanilayotgani, xorijdagi qator taʼlim dargohlarida, ilmiy muassasalarda o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda o‘zbek tilini o‘rganishga qiziquvchilar ko‘payib borayotgani buning yaqqol dalilidir. Yaqinda, Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasida viloyatdagi mavjud loyihalash tashkilotlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaroriga muvofi q lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangani yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirildi. Endilikda, mazkur me‘yoriy hujjatga muvofi q ish qog‘ozlari, turli blankalarni to‘ldirish bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini taʼminlash zarurligi bildirildi. Qarorga muvofi q, 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qi lish amaliyoti to‘liq joriy qilish qaror bilan belgilab qoʼyilganligi yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirildi. Hozirda bu borada, Qurilish vazirligi tarkibidagi tashkilotlar jumladan, Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasi, Qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasi, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tashkilotlari o‘z ish qog‘ozlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib bormoqda. O‘zbek tilini amaliyotda qo‘llashda hamon kamchiliklar uchrab turibdiki, bunday holatlar inson dilini xira qiladi. Buni shaharsozlik qonunosti hujjatlarini (АRT, loyiha-smeta hujjatlari, ekspertiza xulosalari va boshqalarni) ishlab chiqishda, qurilayotgan bino va inshootlar to‘g‘risida maʼlumot beruvchi texnik pasportlaridagi yozuvlarda uchratish mumkin. O‘z ona tilini hurmat qilgan odamgina boshqa tilni ham hurmat qiladi, uni sidqidildan o‘rgana oladi. Boshqa tilda biyron so‘zlash yaxshi, ammo bu “bilimdonlik” o‘z ona tilini unutish evaziga bo‘lmasligi kerak.

O’zbekiston bunyodkori gazetasi 86 soni

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

You missed