✅ Natijada obyektda quydagi qoidabuzarliklar aniqlandi.
➖Suv transheyalari loyiha talabi asosida bajarilmagan ya’ni demontaj qilinib qaytadan bajarilishi bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi.
➖Obyektda keltirilgan temir beton kolodeslarning texnik ko‘rik (OTK) yozuvlari mavjud emas hamda ijro hujjatlari va laboratoriya xulosalari olinmaganligi aniqlandi.
➖Qurilish obyektida SHNK 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” me’yoriy hujjat talablariga rioya etilmagan. Ya’ni ishchi quruvchilar texnika xavfsizligi bo‘yicha maxsus instruktajdan o‘tkazilmagan, maxsus ust-bosh va birinchi tez tibbiy yordam vositalari bilan ta’minlanmagan.
🔴Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar hamda taqdimnomalar berilib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik” to‘g‘risidagi Kodeksning 99-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma hujjatlari rasmiylashtirildi.