✅Xabar berib kelayotganimizdek, “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi tahririyati xodimlari hamda qurilish sohasi vakillari bilan joylarda ijodiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi uchrashuv Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan qurilish, uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar, hududiy nazorat qilish inspeksiyalari, loyiha hamda qurilish-pudrat tashkilotlari xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

💬Uchrashuvda ishtirokchilar gazeta haqidagi fikr-mulohazalarini bildirib, unda o‘zlarini qiziqtirgan mavzularning ko‘proq yoritilishi haqidagi takliflarni bildirishdi. Qolaversa, so‘nggi paytda gazeta sahifalarida e’lon qilinayotgan qurilish sohasiga doir qaror va farmonlar, shaharsozlik norma va qoidalari bilan tanishayotganidan mamnunligini aytishdi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *