🔴 Buxoro viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yili 29-avgustdagi 16-sonli bayonnomasi bilan “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” to‘g‘risida semenar trening yig’ilish bo’lib o’tdi. Taklif etilganlar Buxoro viloyati IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i va xodimi hamda Buxoro shahar IIB jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i va inspeksiya xodimlari.
🔴Jarayonda esa mavjud muammolar va galdagi vazifalarga asosiy eʼtibor qaratildi. Seminar davomida korrupsion holatlarning oldini olish, xodimlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz kayfiyatini shakllantirish, unga doir jinoyatlarning oqibatlari va bunday holatlarga jazoning muqarrarligi haqida so’z yuritildi.