✅ Bugun Buxoro viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusiga doir seminar o‘tkazildi.

🔴Tadbirda inspeksiyasi, Tizimda korrupsion holatlarning oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar qo‘llanib kelinmoqda. Jumladan, mazkur illatga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, xususan shaffoflikni oshirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilganligi.
🔴Ta’kidlanganidek, sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali korrupsiya va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflikni ta’minlash va sohada korrupsiya holatlarining oldini olish borasidagi ishlar bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qurilish obyektlaridagi monitoring jarayonlari inspeksiya tomonidan «Qurilishda davlat nazorati» milliy axborot tizimi doirasida onlayn rejimda amalga oshirilayotgani, bu esa tekshirishlarning shaffofligini ta’minlashga xizmat qilayotganligi alohida ta’kidlandi.
🔴Tadbir yakunida ochiq savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilarning taklif va fikrlari ham tinglandi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *