Korrupsiya o‘z ma’nosiga ko‘ra (lotincha corruptio – «parchalanish, buzilish») kelajakni parchalaydi!

Korruptsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.

Korruptsiyaga qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari:

Korruptsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarliklar — Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 6111931 va 1932-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar.

Korruptsiyaga oid jinoyatlar — Jinoyat kodeksining 167-moddasining ikkinchi qismi «g» bandi1929 va 19210205209 — 214-moddalari243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni mansab mavqeidan foydalangan holda sodir etish hamda 301-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlar.

Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi — jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

  • Pora olish, takroran, xavfli residivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
  • ko‘p miqdorda;
  • tamagirlik yo‘li bilan;
  • bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish — jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *