✍️ havola #@Q2N1I 👇

✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖ “Oq Po‘lot” kanalining PK 22+00; PK 22+32; PK 22+38; PK 23+10; PK 23+18; PK 26+90; PK 30+26; piketlarida bajarilgan beton qoplama ishlarida harorat choklari bajarilmagan. Aksariyat qismi sifatsiz bo‘lagnligi bois, buzib olinib loyiha talablari asosida qaytadan bajarilishi talab etiladi.

➖ Kanalning PK 23+96; PK 24+14; PK 24+60; PK 24+70; PK 26+80; PK 28+98; PK 29+30; PK 29+80; PK 30+26; PK 31+10; PK 33+00; PK 38+00; piketlar oralig‘idagi kanalning o‘ng va chap otkos qismida bajarilgan beton qoplama ishlari sifatsiz bajarilganligi bois, buzib olinib loyiha talablari asosida qaytadan bajarilishi talab etiladi.

➖ “Oq Po‘lot” kanalining PK 24+72 hamda PK 24+86 piketlaridagi D-1200 mm li yig‘ma temir-beton quvurli kesishmasidagi yo‘lning himoya monolit temir-beton bortik bordyurlari sifatsiz bajarilgan, o‘z og‘irlik markazidan qochgan, quvurli kesishmaning har ikkala tomonidagi betonli bordyurlarning sathi har xil, egri qilib bajarilgan (loyiha talablari asosida qaytadan bajarilishi talab etiladi).

➖ Kanalning PK40+00 qismida bajarilayotgan beton qoplama ishlarida beton qoplama osti tuproq zichligi bo‘yicha sinov laboratoriya xulosalari olinmasdan, yopiq ishlar dalolatnomalari rasmiylashtirilmasdan, beton ishlari boshlab yuborilgan (170 metr masofada).

🔴 🏗 Obyektda 25 mln sifatsiz ish hajmi aniqlanib, sifatsiz bajarilgan ish hajmlari bo‘yicha 3 ta yozma ko‘rsatma berilib, buzdirish (demontaj) choralari ko‘rildi. Pudratchi, loyiha chi va texnik nazoratchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Taqdimnomalar chiqarildi.

By QSHNI

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan