✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖ Qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqlik to‘g‘risidagi sertifikat va pasportlari taqdim qilinmadi.
➖ Obyektlarda qurilish-montaj ishlari sifati reja jadvaliga asosan texnik nazoratini olib borilmagan.
➖ Tom qismida tasdiqlangan loyihaga asosan yumshoq tom qoplamasi berilgan bo’lsada amalda profnastildan shift ishlari bajarilganligi aniqlandi.

➖ Binoning 3-qavatidan 5-qavatigacha bajarilgan beton ishlari uchun sinov laboratoriyasining ijobiy xulosalari taqdim etilmadi.
➖ Tasdiqlangan loyiha yechimlarida shaharsozlik norma va qoidalari talablari buzilgan.Ya’ni binoning ichki parda devorlarini mustahkamligini ta’minlovchi D 5Ø ST armaturalar o’rnatilmagan.Vertikal va gorizontal choklar qurilish qorishmasi bilan to’ldirilmay qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

➖ Tasdiqlangan loyihada lift shaxtalari monolit betondan berilgan bo’lsada amalda g’isht bilan terilganligi aniqlandi.
➖ Texnik va yong‘in xavfsizlik burchagi mavjud emas. (Qurilish maydonida obyektga borish yo‘li yonida tungi chiroqlar bilan jihozlangan qattiq qoplama bilan qoplangan maydonda bo‘lishi shart).
➖ Ijro-texnik hujjatlari, qurilish ishlab chiqarish jurnallari ShNK 3.01.01-03-me’yoriy hujjat talablari asosida o‘z vaqtida yuritilmayapti.

➖ Obyektda texnika xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan ya’ni ishchilar maxsus kiyim bosh bilan ta’minlanmasdan qurilish-montaj ishlarini olib bormoqda.
➖ Mualliflik nazorati jurnaliga tasdiqlangan loyiha yechimlaridan chetlanish holatlari to‘g‘risida buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozuvlar kiritilmagan.
➖ Qurilish obyektida g‘isht terish ishlari loyiha yechimlari va QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat talablariga zid bajarilmoqda. Ya’ni bo‘ylama choklar sement qum aralashma qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmayapti va armosetka g‘isht devorga loyiha asosida 5Ø5VR-I o‘rnatilmagan.
➖ Obyektda “Qurilishda texnika xavfsizligi” meyoriy hujjat talablariga rioya qilinmagan. Ya’ni binoning qavatlaridagi lift shaxtasiga kirish qismida vaqtinchalik to‘sin yopilishi ta’minlanmagan.

➖ ish turlari bo‘yicha yopiq ishlar dalolatnomalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan. Ya’ni to’liq imzolanmagan.
➖ Qurilish obyektida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.05.2021 yildagi 321-sonli qaror talabi asosida texnik va mualliflik nazorati talab darajasida olib borilmagan.
➖ Binoning ichki eshiklari ustidagi sarbastalar loyiha yechimlariga zid ravishda bajarilgan.Ya’ni temir beton o’rniga A3 sinfiga mansub armaturalardan bajarilgan.loyiha yechimlariga zid ravishda bajarilgan sarbastalar demontaj qilinib loyiha asosida bajarilishi to’g’risida ko’rsatmalar berildi.

🔴 Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan va tasdiqlangan loyiha talablari buzilgan.

🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachiga, pudratchiga, loyiha tashkilotiga va qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. Obyektda sifatsiz bajarilgan ishlarni demontaj qilish bo‘yicha Pudrat tashkilotiga 10 kun ichida bartaraf qilish uchun topshiriq berilib, “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan elektron yozma ko‘rsatmalar berildi. 10 kun ichida qoida buzilishi bartaraf qilinmasa obyektni sifatsiz bajarilgan qismini buzdirish bo‘yicha sudga davo kiritilishi bo’yicha ogohlantirildi. ссылка:t.me/q2n1i

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *