✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖ Obyektning parda devorlarida yengil pena bloklardan bajarilgan bo‘lib, loyiha asosida mustahkamlanishi lozim bo‘lgan setkalar o‘rnatilmagan;

➖ Ijro hujjatlar ya’ni yopiq ishlar dalolatnomalari, jurnallar to‘liq rasmiylashtirilmagan;

➖ Laboratoriya xulosalari to‘liq taqdim etilmadi.

🔴 Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan va tasdiqlangan loyiha talablari buzilgan.

🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachiga, pudratchiga, loyiha tashkilotiga va qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. Obyektda sifatsiz bajarilgan ishlarni demontaj qilish bo‘yicha Pudrat tashkilotiga 10 kun ichida bartaraf qilish uchun topshiriq berilib, “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan elektron yozma ko‘rsatmalar berildi. 10 kun ichida qoida buzilishi bartaraf qilinmasa obyektni sifatsis bajarilgan qismini buzdirish bo‘yicha sudga davo arizasi taqdim qilinadi. ссылка:t.me/q2n1i

By QSHNI

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan