✅Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.
➖ obyektda g‘isht terish ishlari QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat talablariga zid bajarilmoqda ya’ni kalonna va rigellarda devorlarning ulanishi (uprugaya prokladka) MM-1 va SG-1 ishlari bajarilmagan;

➖ binoning quyma temir-beton zina kataklari bino qavatlari bilan birgalikda (parallel tarzda) bajarilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, amalda mazkur binoda qurilish-montaj ishlari 1-2-qavatda zinapoya kataklarisiz olib borilmoqda. Binoning konstruktiv yaxlitligini ta’minlanmagan;

➖ Qurilish obyektining 2-qavatida g‘isht terish ishlari loyiha yechimlari va QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat talablariga zid bajarilmoqda ya’ni loyihada devorlarda pishiq g‘isht berilgan bo‘lsada amalda qisman penablokdan foydalanilgan hamda bo‘ylama choklar sement qum aralashma qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmayapti va armosetka g‘isht devorga loyiha asosida 5Ø5VR-I o‘rnatilmagan;
➖ konsol qismida bajarilgan temir-beton plitalar loyixa talabi asosida bajarilmagan. konsol qismidagi orayopma plitalarda antiseysmik kamarlar to‘liq bajarilmagan.

🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha sifatsiz bajarilgan ishlarni demontaj qilish bo‘yicha buyurtmachiga topshiriq berilib, buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *