✍️ havola #@Q2N1I 👇

✅ Buxoro viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inpseksiyasida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 35 yilligi munosabati bilan “Ona tilim – g‘ururim, faxrim” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

📚 Bunda, inspeksiya yordamchi yuristi D.Ramazonova so’zga chiqib, yangilanayotgan O‘zbekiston islohotlar maydonida ona tilimizni rivojlantirish borasida ezgu ishlar amalga oshirilayotganligi, jumladan, 2019-yil 21-oktabr kuni “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni qabul qilinganligi to‘g‘risida hamda 2020-yil 20-yanvar kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun mohiyatini xodimlarga tushuntirib o’tdi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *