отQSHNI

Окт 14, 2024

🚨 Reyd tadbirlari davom etmoqda havola #@Q2N1I
✍️ havola #@Q2N1I 👇

❗️Buxoro viloyati hududiy Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan G‘ijduvon tumani, Kalon MFY, Kalon ko‘chasi hududida “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DM buyurtmachiligida pudratchi “Buxara novostroy” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilayotgan “24-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish” obyektida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi.
✅Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.
➖ Binoning 4 qavat Б-В o’q 1-5 qator oralig’ida terilayotgan g’ishtlar orasidagi setkalar tasdiqlangan loyiha talabida bajarilmagan ya’ni kompazid armosetkalardan foydalanilgan;
➖ maktab binosining 3-qavat pol qismiga o’rnatilgan temir-beton plitalar shoflari maxsus beton qorishma bilan to’ldirilmagan natijada shoflar qurilish chiqindilaridan to’lgan.
➖ Maktab binosining 3-qavat kalonna armokarkaslarinihg belbog’lari loyiha talabida bajarilmagan ya’ni loyihada kalonna armokarkaslarining belbog’lari AI diametr 8 mm armaturadan berilgan bo’lib amalda AIII diametr 8 mm bo’lgan armatura belbog’laridan foydalanilmoqda.
🔴 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilib, sifatsiz bajarilgan g‘ish terish ishlari hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qilindi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *