🚨 Reyd tadbirlari davom etmoqda havola #@Q2N1I
✍️ havola #@Q2N1I 👇
❗️Buxoro viloyati hududiy qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahar, Shodlik MFY, Q.Murtazoyev ko‘chasi hududida “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DM buyurtmachiligida pudratchi “Muzaffar firmasi” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilayotgan “10-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish” obyektida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi.
✅ Natijada obyektga keltirilgan “Siam Plyus Varaxsho” MChJga qarashli ishlab chiqarish sexida tayyorlangan 10 ming dona pishiq g‘ishtlar O‘zDSt 3255:2017, SanPin 0193-96 me’yoriy hujjat talabiga javob bermasligi aniqlandi.
🔴 Holat yuzasidan sifatsiz pishiq g‘ishtlardan qurilgan devor hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qilinib, pishiq g‘ishtlar qurilish obyektidan chiqarib yuborildi. Ishlab chiqaruvchi tashkilotga nisbatan obyektlarda bino va inshootlarni zilzilabardoshligiga ta’sir qiluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, sotish va qo‘llashni to‘xtatib turish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.