🚨 Reyd tadbirlari davom etmoqda havola #@Q2N1I
✍️ havola #@Q2N1I 👇
🔴 Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Qorovulbozor shoh ko`chasi joylashgan buyurtmachi Hasanov Jamol tomonidan qurilayotgan “Savdo va maishiy xizmat yuqori qavati turar-joy» qurilish obyektida monitoring ishlari o’tkazildi. Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.
❗️Ushbu obyekt hududiy inspeksiya ro’yxatidan o’tkazilmasdan, tadbirkor tomonidan o’zboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.
❗️Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan tadbirkorga qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida yozma ko’rsatma berildi va fuqaroga ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.