havola #@Q2N1I
✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.
➖ Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2020-yil 30-oktabrdagi 4342-sonli ARTga binoning qavatliligi 1-2 qavat berilgan bo‘lsada joyida 5 qavatli turar-joy binosi qurilgan.
➖ Obyektning loyiha kelishilganligi to’g’risidagi 2021-yil 4-martdagi 9895-sonlixulosasidagi 4342-sonli ART ilova qilingan va 5 qavatli bino kelishilgan.
➖ Obyektning ijro-texnik hujjatlari to’liq yuritilmagan va rasmiylashtirilmagan.
➖ Tasdiqlangan loyihada binoning birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko’rsatish bo’lsada amalga xonadon sifatida qurilgan va yaxlit deraza vitraj o’rniga o’lchamlari kichik derezalar o’rnatilgan.
➖ Asosiy yuk ko’taruvchi hamda parda devorlarda gorizontal setkalar to’liq o’rnatilmagan. O’rnatilganlari ham loyiha va QMQ talablari asosida bajarilmagan.
➖ Binoning 2-va 4-qavatlarida bajarilgan ichki devorlarning sarbastlari loyiha talabi asosida bajarilmagan. Ya’ni devorga tayanish loyihada 250mm ko’rsatilgan bo’lsada, amalda 100mm — 150mm qilib bajarilgan.
➖ Binoning loyihasida ko’rsatilgan A-D/14, A-D/9, A-D/1 devorlarida temirbeton o’zaklar bajarilmagan.
➖ Ichki parda devorlarda tasdiqlangan loyihada ko’rsatilgan kuchaytirish ishlari bajarilmagan ST ustunlar urnatilmagan.
➖ Binoning 3-va 5-qavatlardagi
B/12-13, B-G/13 rigellarning o’lchamlari tasdiqlangan loyiha 400mm bo’lsada amalda loyihadan chetlashib 300 mm qilib bajarilgan.
➖ Binoning B/13 o’qdagi kalonna hamda B/12-13 rigelning ulanish joylarida o’z o’qidan o’g’ishlar mavjud.
➖ Binoning perimetri bo’ylab bajarilgan otmoska ishlari sifatsiz bajarilgan.
➖ Bajarilgan temir-beton plitalar shoflari sementli qorishma bilan to’ldirilmagan.
➖ Ushbu obyektga Hududiy inspeksiya inspektori tomonidan doimiy davlat nazorati o’rnatilgan bo’lib 33 ta yozma ko’rsatma, 68 ta qoidabuzarlik aniqlanganligi qolaversa fuqaroga nisbatan ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligiga qaramasdan tekshiruv kunida buyurtmachi hamda pudrat tashkiloti tomonidan qator qonunbuzilish holatlari takrorlanib kelinmoqda.
➖ Binoning zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalari sifatsiz bajarilganligi uchun ko’p qavatli turar-joy binosini to’liq demontaj (Bartaraf etish) bo’yicha 9-sonli yozma ko’rsatma berildi va hududiy inspeksiya tomonidan qurilish-montaj ishlari joyida to’xtatildi.
🔴 Ko’p qavatli turar-joy obyekt qurilishida zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan va tasdiqlangan loyiha talablari buzilgan.