✍️ havola #@Q2N1I  👇

✅   Unda quyidagilar aniqlandi:

➖   G‘isht terish ishlari QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” meyoriy hujjat talablari asosida olib borilmayapti. G‘ishtin devorni mustahkamligini ta’minlovchi S-1 armosetkalar loyiha talablariga mos kelmaydi;

➖  G‘isht terish uchun qorishma maxsus moslamalarda tayyorlanmagan, qorishma tayyorlashda suv-sement munosabatlariga rioya qilinmagan. QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” ning 6.5-bandiga muvofiq sementli qorishmaning harakatchanligi standart konuslarda o‘lchanganda 9-13 smdan katta ko‘rsatkichga ega.

➖  QMQ 2.01.03-19ning 6.7-bandida g‘isht terimi bir qatorli bog‘lanish tizimida bajarilishi zarurligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, amalda har 3-5 qatorda bog‘lanish tizimida g‘isht terish ishlari bajarilgan.

➖   Poydevor yon tomonini namdan himoyalash ishlari loyihada 2 marotaba bitumli mastika yordamida  bajarilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, amalda 1 marotabali tarzda bajarilgan.

🔴 «Sardor Sitora Bunyodkor qurilish» MCHJ pudrat korxonasi tomonidan bajarilgan sifatsiz bajarilgan g‘isht terish ishlari joyida buzdirildi. Buyurtmachiga sifatsiz ish hajmlarini moliyalashtirishdan chegirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *