❗️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 619-sonli qarorining
🔴 1-bandining v-kichik bandida “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda (ruxsat olmasdan) qurilgan bino va inshootlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berishni bekor qilish” hamda,
🔴 2-bandida “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 2024-yil 1-apreldan hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilgan obyektlarni instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazib, foydalanishga ruxsat berish ishlarini to‘xtatsin” deb belgilanganligini inobatga olgan holda, viloyatimizda qurilish ishlarini boshlash niyatida bo‘lgan barcha fuqarolarni hamda, hududiy inspeksiya ro‘yxatidan o‘tmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlagan obyekt egalarini, qisqa muddatda hududiy inspeksiya ro‘yxatidan o‘tkazishlarini, aks holda ro‘yxatdan o‘tmagan holda ( hududiy inspeksiyadan ruxsat olmasdan) qurilgan bino va inshootlarini foydalanish uchun ruxsatnoma berilmasligi to‘g‘risida rasman Ogohlantiramiz.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *