✍️ havola #@Q2N1I 👇

✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖ Binoning poydevor podushka izolyatsiya ishlari sifatsiz bajarilgan ya’ni izol qoplamasi qizdirilmasdan betonga qoplangan, natijada beton sirtiga izol qoplamasi to’liq yopishmagan;

➖ Shartnomaga asosan loyihachi tashkilot tomonidan obyektda mualliflik nazorati reja jadvalga asosan amalga oshirish uchun tasdiqlangan kalendar rejalar, reja-jadvallar yoki shu kabi boshqa hujjatlar mavjud emas;

➖ Obyektda mualliflik nazorati muntazam ravishda olib borilmaganligi sababli konstruktiv qoidabuzarliklarga yo’l qo’yilgan jumladan binoning poydevor qismida o’rnatilayotgan FBS bloklar loyiha talabida bajarilmagan ya’ni tasdiqlangan loyiha hujjatlarida quyma temir beton konstruksiya bilan bajarilishi lozim bolgan poydevor ishlari geometrik o’lchamlari normativ talabida bo’lmagan (800x600x400)mmlik FBS bloklardan foydalanilmoqda..

🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha qurilish ishtirokchilariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *