✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖ Tekshiruv kunida Qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqlik to‘g‘risidagi sertifikat va pasportlari taqdim qilinmadi.
➖ Obyektda qurilish-montaj ishlari sifati bo’yicha reja jadvali asosida texnik va mualliflik nazorati olib borilmagan.
➖ Temir beton zinapoyalar loyiha talabida o’rnatilmaganligi sababli demontaj qilish choralari ko’rildi.

➖ Binoning 2-qavatidagi rigel sterjinlaridagi xomutlar loyiha talablariga zid ravishda bajarilgan.Ya’ni loyihada A1 sinfiga mansub diametri 8 mmli armatura ko’rsatilgan bo’lsada amalda A3 sinfiga mansub armatura ishlatilinganligi aniqlandi.
➖ Binoning 2-qavatidagi zinapoya yo’lagida ishlatilayotgan beton qorishmasi qo’lda tavakkalchilik asosida bajarilayotganligi aniqlandi.
➖ Texnik va yong‘in xavfsizlik burchagi mavjud emas. (Qurilish maydonida obyektga borish yo‘li yonida tungi chiroqlar bilan jihozlangan qattiq qoplama bilan qoplangan maydon bo‘lishi shart).

➖ Ijro-texnik hujjatlari, qurilish ishlab chiqarish jurnallari ShNK 3.01.01-03-me’yoriy hujjat talablari asosida o‘z vaqtida yuritilmagan.
➖ Obyektga ishlatish uchun olib kelingan temir beton plitalar sifatsiz geometrik o‘lchamlari hamda GOST 9561-91 talablariga javob bermaydi, tamg’alash ishi bajarilmagan. Mas’ul inspektor tomonidan Ishlab chiqarish tashkilotiga belgilangan tartibda taqdimnoma chiqarilishi belgilandi.
➖ Obyektda texnika xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan ya’ni ishchilar maxsus kiyim bosh bilan ta’minlanmasdan qurilish-montaj ishlarini olib bormoqda.

➖ Qurilish obyektida g‘isht terish ishlari loyiha yechimlari va QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat talablariga zid bajarilmoqda. Ya’ni bo‘ylama choklar sement qum aralashma qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmayapti va armosetka g‘isht devorga loyiha asosida 5qator 5Ø5VR-I SG1 o‘rnatilmagan.
➖ Obyektda g‘isht terish ishlari QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat talablariga zid bajarilgan. Ya’ni kalonna va rigellarda devorlarning ulanishi (uprugaya prokladka) MM-1 va SG-1 ishlari bajarilmagan.
➖ ShNK 3.01.01-03 «Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish» me’yoriy hujjat talablariga asosan, qurilish maydonida qurilish etikasiga rioya etilmagan. Ya’ni qurilish maydoni qurilish chiqindilaridan tozalanmagan.
➖ Obyektda “Qurilishda texnika xavfsizligi” meyoriy hujjat talablariga rioya qilinmagan. Ya’ni binoning qavatlaridagi lift shaxtasiga kirish qismida vaqtinchalik to‘sin yopilishi ta’minlanmagan.
➖ ish turlari bo‘yicha yopiq ishlar dalolatnomalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan.
➖ Qurilish obyektida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.05.2021 yildagi 321-sonli qaror talabi asosida texnik va mualliflik nazorati talab darajasida olib borilmagan.

🔴 Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan va tasdiqlangan loyiha talablari buzilgan.

🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachiga, pudratchiga, loyiha tashkilotiga va qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. Obyektda sifatsiz bajarilgan ishlarni demontaj qilish bo‘yicha Buyurtmachi tashkilotiga 10 kun ichida bartaraf qilish uchun topshiriqlar berilib, “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan elektron yozma ko‘rsatmalar berildi. 10 kun ichida qoida buzilishi bartaraf qilinmasa obyektni sifatsiz bajarilgan qismini buzdirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilishi bo’yicha ogohlantirildi. ссылка:t.me/q2n1i

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *