turar-joy binolarida tasdiqlangan loyiha hamda QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarida qurilish” meʼyoriy hujjatning tegishli bandlariga zid ravishda qurilish-montaj ishlar olib borilayotganligi, yaʼni g‘isht terish ishlari QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarida qurilish” meʼyoriy hujjatning 3.5.3-bandida hisobiy seysmiklik darajasi 7 ball bo‘lgan hududda, markasi (mustahkamlik darajasi) M75 dan kam bo‘lmagan sopol g‘ishtlardan foydalanish belgilangan bo‘lsada, amalda ushbu turar-joy bino-inshootlarda M50-55 markadagi sopol g‘ishtlar ishlatilgan.

G‘isht terish ishlarida tik choklar maxsus sementli qorishma bilan to‘ldirilmagan, binolarning tomyopma qismidagi monolit uchastkasining armokarkaslari tasdiqlangan loyiha talabi asosida bajarilmagan ya’ni  monolit uchastkasining yuqori armokarkaslari loyihada diametri AIII 12 mmli armaturadan bajarilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada amalda  AIII 10 mm armaturadan foydalanilgan.
Temir-beton ustunlarning armokarkas belbog‘lari AI sinfdagi armatura o‘rniga AIII sinfiga mansub armatura o‘rnatilgan.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *