✅Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.
➖ obyektda “Qurilishda texnika xavfsizligi” meyoriy hujjat talablariga rioya qilinmagan, ya’ni binoning qavatlaridagi lift shaxtasiga kirish qismida vaqtinchalik to‘sin yopilishi ta’minlanmagan;
➖ elektroshitga kiruvchi va chiquvchi yuqori kuchlanishli hamda past kuchlanishli kabellar betartib o‘rnatilgan;
➖ ShNK 3.01.01-03 «Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish» me’yoriy hujjat talablariga asosan, qurilish maydonida qurilish etikasiga rioya etilmagan, ya’ni maydon ichi qurilish chiqindilaridan tozalanmagan. Ishchilar uchun ishlash sharoiti yaratilmagan; ➖ orayopma plitalarning shoflari maxsus qorishma bilan to‘ldirilmagan.
🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.