✅Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.
➖ oshxona binosining 1-qavat B va D o‘qlarini 2 va 3-o‘qlar oralig‘idagi terilgan parda devorda CT1 metal mustahkamlagichlari loyiha bo‘yicha o‘rnatilmagan;
➖ oshxona binosi 2-qavat beton ishlari laboratoriya xulosalari taqdim qilinmadi;
➖ Obyektda mualliflik nazorati yuritilmagan.
🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha parda devorda CT1 metal mustahkamlagichlari o‘rnatish uchun devor inspeksiya xodimlari tomonidan buzdirilib, buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.