✍️ havola #@Q2N1I 👇
🔴 Buxoro viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Kogon tumani, Beklar MFY hududida joylashgan buyurtmachi “BUKHARA NEXT GENERATION PRODUCT” MChJ tomonidan qurilayotgan “Penoplast mahsulotlaridan maishiy texnika va eletronikani qadoqlash zavodi” qurilish obyektida monitoring ishlari o’tkazildi. Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi. Ushbu obyekt hududiy inspeksiya ro’yxatidan o’tkazilmasdan, tadbirkor tomonidan o’zboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.
❗️Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan tadbirkorga qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida yozma ko’rsatma berildi va fuqaroga ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.