✍️ havola #@Q2N1I 👇

✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖ Kanalning ПК51+60 da o’ng va chap otkoslaridagi 6 ta harorat chokidagi ruberoid qoplamasi loyiha talablari asosida bajarilmaganligi bois buzib olinib qaytadan bajarilishi talab etiladi;

➖ Kanal qurilishida loyiha talablaridagi «Shaxmat» tartibda beton quyish ishlari olib borilmagan;

➖ ПК51+60 da kanalning chap qirg’oq brovka qismi loyiha asosida bajarilmagan;

➖ Kanalning ПК50+88 piketidagi 30°li burilish qismi sinish choklari sifatsiz bajarilgan ya’ni 3 ta sinish orqali burilish o’rniga 2ta qilib bajarilgan;

➖ Obyektning ПК51+20 da kanalning o’ng tomonidagi 10 kv.m beton quyish ishlari sifatsiz bajarilgan, buzib olib qaytadan bajarilishi taminlansin;

➖ ПК50+64 piketidagi kanalning DNO qismidagi issiqlik choki bajarilmagan;

➖ ПК50+24 chap otkosda bajarilgan beton qoplama ishlari sifatsiz bajarilganligi bois chap otkosdagi 36 kv.m beton qoplama qaytadan bajarilishi talab etiladi;

➖ ПК50+00 dan ПК51+00 gacha kanalning DNO qismi geometrik o’lchamlari loyiha talablari bo’yicha 2 m berilgan bo’lsada, amalda 1,95 m ni tashkil etadi;

🔴 Hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan obyektda loyiha talabidan chetlanish holatlari kuzatilganligi sabab vaqtincha qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish to‘g‘rida yozma ko‘rsatma hamda buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkilotlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *