✍️ havola #@Q2N1I 👇

✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖ Deformatsion choklar oraliq masofasi loyiha talabi boʻyicha 4 m qilib belgilangan boʻlsada haqiqatda geometrik oʻlchamlar har xil boʻlib 3.95 m 4.1 m 4.18 m qilib bajarilgan;

➖ Kanalda bajarilayotgan geokompozit toʻshama ishlari loyiha talablari asosida bajarilmagan choklar 0.5 m oʻtkazilib, payvandlash ishlari hamda futerovka ishlari sifatsiz bajarilgan;

➖ Kanalda bajarilayotgan geokompozit toʻshama ishlari loyiha talablari asosida bajarilmagan;

➖ Kanalning brovka qismi loyiha talabi boʻyicha 20 sm qilib koʻrsatilgan boʻlsada pudratchi tomonidan aksariyat hollarda 16-18 sm qilib sifatsiz bajarilgan;

➖ Kanalning PK55+00 qismidan PK67+00 hamda PK72+00 dan PK77+00 gacha boʻlgan qismida oqim boʻyicha oʻng va chap otkoslaridagi gorizontal deformatsion choklar loyiha talablari asosida bajarilmagan yaʼni loyiha talabi boʻyicha eni 1sm chuqurligi 10 smli chok boʻlishi oʻrniga loyiha talablariga zid ravishda eni 4 sm chuqurligi 5 sm qilib sifatsiz bajarilgan;

➖ Kanalning PK55+00 qismidan PK67+00 hamda PK72+00 dan PK77+00 gacha boʻlgan qismida oqim boʻyicha oʻng va chap otkoslarida bajarilgan beton Oblisofka ishlari sifatsiz bajarilgan ya’ni beton Oblisofka sirti notekis past baland geometrik oʻlchamlari qoniqarsiz holatda demontaj qilib qayta bajarilishi talab etiladi;

🔴 Hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan obyektda loyiha talabidan chetlanish holatlari kuzatilgan holatlar bo’yicha, loyihachi va pudrat tashkilotlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *