havola #@Q2N1I

✅   Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖  Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2020-yil 30-oktabrdagi 4342-sonli ARTga binoning qavatliligi 1-2 qavat berilgan bo‘lsada joyida 5 qavatli turar-joy binosi qurilgan.

➖  Obyektning loyiha kelishilganligi to’g’risidagi 2021-yil 4-martdagi 9895-sonlixulosasidagi 4342-sonli ART ilova qilingan va 5 qavatli bino kelishilgan.

➖  Obyektning ijro-texnik hujjatlari to’liq yuritilmagan va rasmiylashtirilmagan.

➖  Tasdiqlangan loyihada binoning birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko’rsatish bo’lsada amalga xonadon sifatida qurilgan va yaxlit deraza vitraj o’rniga o’lchamlari kichik derezalar o’rnatilgan. 

➖   Asosiy yuk ko’taruvchi hamda parda devorlarda gorizontal setkalar to’liq o’rnatilmagan. O’rnatilganlari ham loyiha va QMQ talablari asosida bajarilmagan.

➖   Binoning 2-va 4-qavatlarida bajarilgan ichki devorlarning sarbastlari loyiha talabi asosida bajarilmagan. Ya’ni devorga tayanish loyihada 250mm ko’rsatilgan bo’lsada, amalda 100mm — 150mm qilib bajarilgan.

➖  Binoning loyihasida ko’rsatilgan A-D/14, A-D/9, A-D/1 devorlarida temirbeton o’zaklar bajarilmagan.

➖  Ichki parda devorlarda tasdiqlangan loyihada ko’rsatilgan kuchaytirish ishlari bajarilmagan ST ustunlar urnatilmagan.

➖   Binoning 3-va 5-qavatlardagi 
B/12-13, B-G/13  rigellarning o’lchamlari tasdiqlangan loyiha 400mm bo’lsada amalda loyihadan chetlashib 300 mm qilib bajarilgan.

➖   Binoning B/13 o’qdagi kalonna hamda B/12-13 rigelning ulanish joylarida o’z o’qidan o’g’ishlar mavjud.

➖   Binoning perimetri bo’ylab bajarilgan otmoska ishlari sifatsiz bajarilgan.

➖   Bajarilgan temir-beton plitalar shoflari sementli qorishma bilan to’ldirilmagan.

➖ Ushbu obyektga  Hududiy inspeksiya inspektori tomonidan doimiy davlat nazorati o’rnatilgan bo’lib 33 ta yozma ko’rsatma, 68 ta qoidabuzarlik aniqlanganligi qolaversa  fuqaroga nisbatan ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligiga qaramasdan tekshiruv kunida buyurtmachi hamda pudrat tashkiloti tomonidan qator qonunbuzilish holatlari takrorlanib kelinmoqda.

➖  Binoning zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalari sifatsiz bajarilganligi uchun ko’p qavatli turar-joy binosini to’liq demontaj (Bartaraf etish) bo’yicha 9-sonli yozma ko’rsatma berildi va hududiy inspeksiya tomonidan qurilish-montaj ishlari joyida to’xtatildi.

🔴 Ko’p qavatli turar-joy obyekt qurilishida zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan va tasdiqlangan loyiha talablari buzilgan.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *