✍️ havola #@Q2N1I 👇
✅ Unda quyidagilar aniqlandi:
➖ G‘isht terish ishlari QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” meyoriy hujjat talablari asosida olib borilmayapti. G‘ishtin devorni mustahkamligini ta’minlovchi S-1 armosetkalar loyiha talablariga mos kelmaydi;
➖ G‘isht terish uchun qorishma maxsus moslamalarda tayyorlanmagan, qorishma tayyorlashda suv-sement munosabatlariga rioya qilinmagan. QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” ning 6.5-bandiga muvofiq sementli qorishmaning harakatchanligi standart konuslarda o‘lchanganda 9-13 smdan katta ko‘rsatkichga ega.
➖ QMQ 2.01.03-19ning 6.7-bandida g‘isht terimi bir qatorli bog‘lanish tizimida bajarilishi zarurligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, amalda har 3-5 qatorda bog‘lanish tizimida g‘isht terish ishlari bajarilgan.
➖ Poydevor yon tomonini namdan himoyalash ishlari loyihada 2 marotaba bitumli mastika yordamida bajarilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, amalda 1 marotabali tarzda bajarilgan.
🔴 «Sardor Sitora Bunyodkor qurilish» MCHJ pudrat korxonasi tomonidan bajarilgan sifatsiz bajarilgan g‘isht terish ishlari joyida buzdirildi. Buyurtmachiga sifatsiz ish hajmlarini moliyalashtirishdan chegirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.