✍️ havola #@Q2N1I 👇 Навигация по записям 🚨 Buxoro viloyati Qurilish va Uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiya ishonch telfoni orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan hududiy inspeksiya mutaxassislari tomonidan Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasi 26-ko‘p kvartirali uyning 5-xonadonning balkon qismida qo‘shimcha o‘zgartirishlar olib borilganligi sababli fuqaro O.Mga uyning ichki konstruksiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni oldingi holati keltirish to‘g‘risida 5 kun muddatda majburiy ko‘rsatma berildi. Biroq ko‘rsatmada belgilangan muddatda uyning ichki konstruksiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni bartaraf qilmagan taqdirda fuqaro O.Mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 159-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, 6,8 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. 🚨Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan G’ijduvon tuman, Zaraangari MFYda joylashgan buyurtmachi Yuldashev Otabek tomonidan qurilayotgan “Savdo va maishiy xizmat ko`rsatish» qurilish obyektida monitoring ishlari o’tkazildi.