💬 Uy-joy munosabatlarining barcha ishtirokchilari tomonidan mazkur Qoidalarga amal qilinishining davlat nazorati Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

📢 Ko‘p kvartirali uy va unga tutash hududdan texnik foydalanish va ularni saqlash ishlari uylar, alohida xonalar va bino qismlariga, muhandislik uskunalari tizimlariga, obodonlashtirish, sanitar tozalash, uyga tutash hududlar elementlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ko‘rikdan o‘tkazishni, xonalar, konstruksiyalar va muhandislik uskunalaridan foydalanish va ularni saqlash bo‘yicha normativ sharoitlarning (xonalarning harorat, yong‘inga qarshi va sanitariya rejimlari, umumiy foydalanuvdagi joylar, liftlar va hokazolarning yoritilishi, kapital va joriy ta’mirlash ishlari) ta’minlanishini o‘z ichiga oladi.

🎥 Foto va video lavhada ko‘rib turganiz dek Buxoro shaxri S Ayniy ko‘chasida joylashgan.

✅ Uyning ikkinchi qavatidagi noturar joyni xujjatlarsiz turar joy toifasiga moslashtirib noqonuniy ravishda xonaning ichki loyxasi o‘zgartirilgan bo‘lib, Buxoro viloyati Qurulish va Uy joy kommunal soxasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan aniqlanib 10 Kun muddatda ushbu nokonuniy qurulmani bartaraf etish uchun majburiy bo’lgan ko‘rsatmalar berildi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *