✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖ Ko’p qavatli turar-joy binosining 5,6,7-qavatlarida bajarilgan beton ishlari, g’isht va armatura qurilish maxsulotlarini labaratoriya sinovlaridan o’tkazilganligini tasdiqlovchi labaratoriya xulosalari taqdim qilinmadi.

➖ Ko’p qavatli turar-joy binosining 2-3-qavatlarida bajarilgan parda devorlarda o’rnatilgan MS-1 metall mustahkamlagichlar orayopma plitalarga ankerlanmagan.

➖ Ko’p qavatli turar-joy binosining tom qismida tasdiqlangan loyihaga asosan 100 mm keramzit to’shalishi ko’rsatilgan bo’lsada amalda 70, 80 mm qalinlikda keramzit to’shamasi to’shalgan.

➖ Shuningdek Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ko’p qavatli turar-joy binosi qurilish ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2023-yil 5-aprelda berilgan 8023-0015566/3-sonli yozma ko’rsatmalar talablari o’z muddatida bartaraf etilmagan.

🔴 Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan va tasdiqlangan loyiha talablari buzilgan.

🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachiga, pudratchiga, loyiha tashkilotiga va qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. Obyektda sifatsiz bajarilgan ishlarni demontaj qilish bo‘yicha Buyurtmachi tashkilotiga 10 kun ichida bartaraf qilish uchun topshiriqlar berilib, “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan elektron yozma ko‘rsatmalar berildi. 10 kun ichida qoida buzilishi bartaraf qilinmasa obyektni sifatsiz bajarilgan qismini buzdirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilishi bo’yicha ogohlantirildi. ссылка:t.me/q2n1i

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *