✅Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.
➖ obyektda parda devor ishlari sifatsiz bajarilgan ya’ni gazobloklarni asosiy devor va tom qismiga ushlab turuvchi temir ugolniklar o‘rnatilmagan;

➖ parda devorlar peremichkalari loyiha talabida bajarilmagan ya’ni loyihada temir ugalok ko‘rsatilgan bo‘lsada amalda diametri 12-, 14-, 16 mmli armaturadan foydalanilgan;

➖ parda devor terilishida foydalanilgan gazobloklar sifatsizligi sabab devorlarda yoriqlar paydo bo‘lgan;

🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilib, pudrat tashkilotga nisbatan MJtKning 99-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma hujjatlari rasmiylashtirildi. Kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar pudrat tashkilotiga qurilish-montaj ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha №277-son yozma ko‘rsatma berildi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *