✅Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi.
➖ obyektda tashqi pardozlash ishlari sifatsiz bajarilgan, bazalt osti qatori pastiga profil o’rnatilmagan;
➖ ish turlari bo‘yicha yopiq ishlar dalolatnomalari tuzilmagan;
➖ qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqlik to‘g‘risidagi sertifikat va pasportlari taqdim etilmadi;
➖ Tashqi oqava quvurlarining montaj ishlari qurilish qoidalari talablari asosida bajarilmagan.
🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha sifatsiz bajarilgan tashqi oqava quvurlarining montaj ishlari inspeksiya xodimlari tomonidan joyida demontaj qilinib, buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.