✅ Natijada obyektda quydagi qoidabuzarliklar aniqlandi.

➖ Ko‘p kavatli binoning “G” o‘qi bo‘ylab “1-2” o‘qlar oralig‘idagi +9,00 m sathda bajarilayotgan ASP (antiseysmik poyas) belbog‘ining D-12 A111 hajmli armokarkaslari loyiha talabi asosida bajarilmagan. Ya’ni ASP armokarkaslari monolit temir-beton kolonna armokarkasi bilan o‘zaro tutashuv uzelida to‘liq bog‘lanishi ta’minlanmagan. Shuningdek ASP armokarkasi osti beton himoya qatlami hosil bo‘lishi uchun mo‘ljallangan maxsus fiksatorlar o‘rnatilmagan (qaytadan bajarilishi talab etiladi).

➖ Ko‘p qavatli turar-joy binosining “B” o‘qi bo‘ylab “2” — o‘qdagi +6.00m – (+9.00m) sathda monolit temir-beton kolonna konstruksiyasi bajarilmasdan, ishlab chiqarish texnologiyasiga zid ravishda uning yuqori qismida +9.00m sathda tom yopma ishlari amalga oshirilgan (qurilish ketma-ketligi buzilgan).

➖ Binoning “B” o‘qi bo‘ylab “2-3” o‘qlar oralig‘idagi +6.00m-(+9.00m) sathda yig‘ma temir-beton konstruksiya o‘rnatilmasdan, yuqori qavatlarda quilish-montaj ishlari hamda tom yopma ishlari davom ettirilgan.
➖Binoning yuqori qavatlarida bajarilgan monolit temir-beton konstruksiyalarda foydalanilgan tovar beton mahsulotlarining hamda armaturalarning mustahkamligini aniqlovchi sinov laboratoriya xulosalari taqdim etilmadi.

➖Qurilish obyektida ishchi quruvchilar maxsus ust-bosh kiyim bilan ta’minlanmagan.

💬 Undan tashqari “Qurilishda Davlat Nazorati” elektron tizimi orqali Mas’ul shaxslarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *