✅ Natijada obyektda quydagi qoidabuzarliklar aniqlandi.
➖ Qurilish obyektining kran shaxtasi loyiha yechimlari asosida bajarilmagan ya’ni tasdiqlangan loyihada shaxta «FSB» blokdan bajarilishi ko’rsatilgan bo’lsada amalda shlakablokdan bajarilgan;
➖Obyektlarda mualliflik nazoratini olib borish uchun 2022-yilgi tasdiqlangan kalendar rejalar, reja-jadvallar ishlab chiqilmagan.
💬Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning ma’sul shaxslariga «Qurilishda davlat nazorati» elektron tizimi orqali bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar berildi hamda aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish montaj ishlari to’xtatildi.