Buxoro shahridagi mavjud ko‘p qavatli uylarning aniq holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda o‘tgan yillar davomida renovatsiya dasturi asosida qurib, foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan inshootlar va qurilishga daxldor bo‘lgan muammolar tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tomonidan manzilli o‘rganildi.

  2018-2021-yillarda viloyat markazida jami 69 ta eskirgan va yashash uchun xavfli deb topilgan 2 va 3 qavatli turar-joylar aniqlanib, ular o‘rniga hozirda zamonaviy uslubdagi 5 va 7 qavatli uy-joylar qurilishi boshlab yuborilgan. Shu kunga qadar qurilish-pudrat korxonalari tomonidan mazkur binolarning 20 tasi bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

O‘rganishlar natijasida moliyaviy manbasi yetarli bo‘lmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra qurilish jarayonlarini kechiktirilayotgan tashkilotlar tanqid qilinib, qurilish jarayonlarida sifat nazoratini kuchaytirish, atrof-hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi qator vazifalar mutasaddilar tomonidan belgilab berildi.  

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

You missed