Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbirlari «Buxara city» turar-joy va ishbilarmonlik markazida olib borildi.

Buxoro shahrida xorijiy investor «ERTUGRUL-CONSTRUCTION» MChJ  tomonidan  qurilayotgan pastki qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish va yuqori qavatlarida ko‘p xonadonli turar-joy binolari qurilishi ob’ektida o‘tkazilgan nazorat davomida qurilishda sifat nazoratining quyi bo‘g‘ini ishtirokchilari buyurtmachining texnik nazorati, loyihalash tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat korxonasining ichki nazorati uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar tomonidan yetarlicha nazorat ishlari olib borilmaganligi oqibatida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan:                                               

       1.Texnik, mualliflik va ichki nazorat xodimlari tomonidan binoning asosiy o‘qlarining joylashuvi geodezik yondoshuvlar asosida belgilanmagan. Ular reperlar va koordinatorlar bilan mustahkamlanmagan;                                                                                                            2. Qurilishga ajratilgan yer uchastkasi va har bir yordamchi binolarni bosh rejadagi aniq chegarasi bo‘yicha qoziqlarni (razbivka) o‘rnatilganligi hamda uni UzGAShKLITI lohiha-qidiruv tashkiloti tomonidan berilgan dalolatnoma taqdim qilinmadi.                               3. Qurilish ob’ektida qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmagan.                  

 Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha buyurtmachi va quruvchi tashkilotlarning nazorat xodimlariga, “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi. Uni bajarilishi inspektor tomonidan nazoratga olindi. Shuningdek, buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati, pudrat tashkilotining ichki nazorati va prorabiga “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimidan foydalanish ko‘nikmalari shakllantirildi.

от QSHNI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *